Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

AKFA GROUPda yangi ish o'rinlari yaratish davom etmoqda! Kech | Работа в компании AKFA GROUP

AKFA GROUPda yangi ish o'rinlari yaratish davom etmoqda!

Kecha, 7-may kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida "Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi" tadbiri bo'lib o'tdi, unda Respublikada xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadigan yirik kompaniyalar ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Angren shahri hokimligi tomonidan tashkil etilgan.

Tadbir davomida AKFA GROUP vakillari fuqarolarni qiziqtirgan barcha savollarga mamnuniyat bilan javob berdilar va mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida batafsil tushutirib o‘tishdi.