Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​ Aziz do'stlar, 22-23 aprel kunlari 'Brendlar tashrif buyurm | Работа в компании AKFA GROUP

​ Aziz do'stlar, 22-23 aprel kunlari "Brendlar tashrif buyurmoqda" tajriba almashish loyihasi doirasida AKFA GROUPning 28 mutaxassisi Andijon viloyatida joylashgan UzAutomotors korxonalariga tashrif buyurganliklari haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz.

Tashrif dasturi juda qiziqarli o'tdi. Birinchi kunida bizning xodimlarimiz mahalliylashtirish bo'yicha «Uz Tong Hong» va «UzErae Climate control» kabi qo'shma korxonalarda bo'lib, ularda mahalliy avtomobillarning asosiy ishlab chiqarilishi uchun butlovchi qismlarni yaratish jarayoni bilan tanishdilar.

Ikkinchi kuni AKFA GROUP mutaxassislari UzAuto Motors kompaniyasining Asaka shahrida joylashgan asosiy ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdilar, u erda taniqli «CHEVROLET» brendi ostida ishlab chiqarilgan avtomashinalarni presslash, payvandlash va yig'ish sexlarida butun ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.

Tadbirning kulminatsion nuqtasi AKFA GROUP va UzAuto Motors mutaxassislari o'rtasida networking bo'lib o'tdi, unda har bir ishtirokchi ishlab chiqarish texnologiyalari, SAP, IT, HR, ta'minot, tashqi iqtisodiy faoliyat, mahsulotlarni sifat nazoratini boshqarish bo‘yicha savollar berib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ldi.

AKFA GROUP "Uz Tong Hong", "UzErae Climate control" "UzAuto Motors" korxonalari rahbarlari va barcha xodimlariga va shaxsan "O'zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Umurzoqov Shavkat Buranovichga, samimiy kutib olish va tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun minnatdorchilik bildiradi.

Ta'kidlash joizki, tashrif natijasida UzAuto xodimlarining AKFA GROUP ishlab chiqarish korxonalariga " Brendlar tashrif buyurmoqda" tajriba almashish loyihasi doirasida javob tashrifi to'g'risida kelishuvga erishildi.